AsosiyJAMIYAT

O'zbekistonda yarim yilda 75 ming tonnadan ortiq baliq ovlandi

O'zbekistonda 2026 yilning birinchi yarmida 75,3 ming tonna baliq ovlandi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 37,1 foizga ko'paygan.

'O'zbekistonda yarim yilda 75 ming tonnadan ortiq baliq ovlandi'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–iyun oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 75,3 ming tonna baliq yetishtirilgan va ovlangan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan. U yerda yarim yil davomida 12,6 ming tonna baliq ovlangan.

Keyingi o‘rinlarni Namangan viloyati 8,4 ming tonna, Toshkent viloyati 7,5 ming tonna hamda Andijon viloyati 7,1 ming tonna bilan egallagan.

Shuningdek, hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:

Sirdaryo viloyati  6,5 ming tonna;

Jizzax viloyati  6,0 ming tonna;

Farg‘ona viloyati 5,8 ming tonna;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 5,4 ming tonna;

Navoiy viloyati 5,2 ming tonna;

 Samarqand viloyati 4,1 ming tonna;

Buxoro viloyati 2,9 ming tonna;

Surxondaryo viloyati 2,4 ming tonna;

Qashqadaryo viloyati 1,5 ming tonna.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, baliqchilik sohasidagi o‘sish respublikada ushbu yo‘nalishga bo‘lgan e'tibor va ishlab chiqarish hajmlarining ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar