AsosiyJAMIYAT

Saidov Nyu-Dehlida Trampning maxsus vakili bilan uchrashdi

Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

'Saidov Nyu-Dehlida Trampning maxsus vakili bilan uchrashdi'ning rasmi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrida AQSH Prezidenti Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlari barcha yoʻnalishlarda izchil rivojlanib borayotgani taʼkidlangan.

Tomonlar oliy va yuqori darajadagi muloqotlarni yanada faollashtirish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashgan.

Shuningdek, C5+1 formati doirasidagi hamkorlik, boʻlajak qoʻshma tadbirlarga tayyorgarlik, mintaqaviy hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilingan.

“Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi ochiq hamda ishonchli muloqotni izchil davom ettirish, amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldik”, — deya yozgan Baxtiyor Saidov.

    Boshqa yangiliklar