AsosiyJAMIYAT

Toshkentda mast yigit buvisi tengi ayolga shilqimlik qildi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida mast holatdagi 22 yoshli yigit keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etdi.

'Toshkentda mast yigit buvisi tengi ayolga shilqimlik qildi'ning rasmi

Uni voqeaga guvoh bo‘lgan fuqarolar ushlab, ichki ishlar organlari xodimlariga topshirdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 4 avgust kuni soat taxminan 05:30 da Yashnobod tumanining “Shirinobod” mahallasi hududida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2004 yilda tug‘ilgan M.X. mast holatda keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakat qilgan. Shundan so‘ng u voqea joyidan ketishga uringan, biroq holatni ko‘rgan fuqarolar uni ushlab qolib, ichki ishlar organlari xodimlariga topshirgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani ichki ishlar organlari tomonidan M.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik), 187-moddasi (jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) hamda 194-moddasi (ichki ishlar organi xodimining qonuniy talabini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar