Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esuvchi shamol tezligi soniyasiga 3–8 metrni tashkil etadi. Harorat kechasi 20–22, kunduzi esa 34–36 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13–18 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati kechasi 18–23, kunduzi 33–38 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo biroz bulutli bo‘lib, kunduzi 34–39 darajagacha isiydi. Kechasi esa 20–25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 18–23, kunduzi 33–38 daraja atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham quruq va issiq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati 35–40 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Havo harorati kechasi 18–23, kunduzi 32–37 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida ham ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi hamda tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkinligi qayd etildi.
Sinoptiklar aholidan, ayniqsa tog‘li va tog‘oldi hududlariga yo‘l oladigan fuqarolardan ehtiyotkor bo‘lishni so‘ramoqda.






