FIDE tomonidan e’lon qilingan tarkibga ko‘ra, ayollar o‘rtasida jahon reytingida 5-o‘rinni egallab turgan Asaubayeva Qozog‘iston terma jamoasining asosiy yetakchilaridan biri sifatida Samarqanddagi nufuzli musobaqada bahs olib boradi.
Qozog‘iston ayollar terma jamoasi tarkibidan, shuningdek, jahon qizlar reytingida 2-o‘rinda turgan Alua Nurman, 4-o‘rin sohibi Meruyert Kamalidenova, Elnaz Kaliaxmet hamda Zarina Nurg‘aliyeva o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 2026-yil 15–27-sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. FIDE reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra, Qozog‘iston ayollar terma jamoasi musobaqaning to‘rtinchi raqamli jamoasi sifatida qayd etilgan.






