O‘zbekiston 2026 yilning birinchi yarmida xorijdan 72 ming tonna mol go‘shti import qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 359,5 million AQSh dollarlik mol go‘shti olib kirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 ming tonnaga yoki 9,1 foizga ko‘p.
Mamlakatga eng ko‘p mol go‘shti yetkazib bergan davlatlar ro‘yxatida Hindiston yetakchilik qilgan.
2026 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga:
— Hindistondan — 33,9 ming tonna;
— Belarusdan — 19,6 ming tonna;
— Qozog‘istondan — 10,6 ming tonna;
— Pokistondan — 4 ming tonna;
— boshqa davlatlardan — 4 ming tonna mol go‘shti import qilingan.
Shu tariqa, hisobot davrida O‘zbekiston bozoriga kiritilgan mol go‘shti importining eng katta qismi Hindiston hissasiga to‘g‘ri kelgan.






