AsosiyJAMIYAT

O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga 179 milliard so‘mdan ortiq ijtimoiy keshbek qaytarildi

Hududlar kesimida eng ko‘p ijtimoiy keshbak Andijon viloyatida qayd etilgan. Ushbu hududdagi fuqarolarga 96,3 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgan.

'O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga 179 milliard so‘mdan ortiq ijtimoiy keshbek qaytarildi'ning rasmi

O'zbekistonda 2026 yilning birinchi yarmida kam ta'minlangan oilalarga 179,2 milliard so'm miqdorida ijtimoiy keshbek to'lab berildi. Bu haqda Soliq qo'mitasi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, yanvar-iyun oylarida 651,3 ming nafar iste'molchiga xarid cheklari asosida ijtimoiy keshbek qaytarilgan. Shu davr mobaynida tizim orqali 6 million 11,9 mingta xarid cheki ro'yxatdan o'tkazilgan.

Hududlar kesimida eng ko'p ijtimoiy keshbek Andijon viloyatida qayd etilgan. Ushbu hududdagi fuqarolarga 96,3 milliard so'm mablag' qaytarilgan.

Keyingi o'rinlarni Toshkent shahri va Samarqand viloyati egallagan. Poytaxt aholisiga 15,2 milliard so'm, Samarqand viloyati fuqarolariga esa 14 milliard so'm ijtimoiy keshbek to'lab berilgan.

Ma'lumot uchun, 2023 yil 1 maydan boshlab "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar ayrim tovarlarni xarid qilganda odatdagi 1 foizlik keshbek o'rniga xarid summasidagi 12 foizlik qo'shilgan qiymat solig'i (QQS)ni ijtimoiy keshbek sifatida qaytarib olishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar