Mamlakat Transport vazirligi ma’lum qilishicha, Ostona shahrida EH216-S rusumli uchuvchisiz havo kemasi bortida yo’lovchi bilan parvoz sinovidan o’tkazilgan.

kki kishiga mo’ljallangan elektr havo transporti soatiga 130 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Qurilma 35 kilometrgacha bo’lgan masofani bosib o’tish imkoniyatiga ega.
Dastlab ushbu texnologiyadan 5–30 daqiqalik sayyohlik va namoyish parvozlarida foydalanish rejalashtirilmoqda.

Kelgusida esa "uchar taksi"lardan shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, dori-darmon yetkazib berish, yong’inlarni bartaraf etish hamda logistika sohalarida foydalanish ko’zda tutilgan.






