AsosiyDUNYO

Ben-Gvir falastinlik mahbuslarning Qur'oni karim nusxalari va kiyimlarini musodara qilishni buyurdi

Falastin hamda Isroilda faoliyat yurituvchi inson huquqlari tashkilotlari ma'lumotlariga ko'ra, ayni paytda Isroil qamoqxonalarida ayollar va bolalarni ham o'z ichiga olgan taxminan 9,5 ming nafar falastinlik mahbus saqlanmoqda.

'Ben-Gvir falastinlik mahbuslarning Qur'oni karim nusxalari va kiyimlarini musodara qilishni buyurdi'ning rasmi

Isroilning Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir mamlakatning Negev qamoqxonasida saqlanayotgan falastinlik mahbuslarning Qur’oni karim nusxalari hamda kiyimlarini musodara qilishni buyurdi. Bu haqda TRT Haber xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, vazir Negev qamoqxonasiga tashrifi davomida mahbuslar foydalanayotgan kiyimlar va Qur’oni karim nusxalarini olib qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Shundan so‘ng muassasada falastinlik mahbuslar foydalanishi mumkin bo‘lgan Qur’oni karim nusxalari soni keskin qisqargan.

Falastin Mahbuslar media idorasiga ko‘ra, Negev qamoqxonasida saqlanayotgan mahbuslarning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Bayonotda Isroil ma’muriyati falastinliklarga nisbatan oziq-ovqat va shaxsiy gigiena vositalariga doir cheklovlarni jazo chorasi sifatida qo‘llashda davom etayotgani ta’kidlangan.

Shuningdek, Falastin Ozodlik Tashkiloti huzuridagi Mahbuslar va ozod etilganlar ishlari bo‘yicha hay’at 2 avgust kuni Isroilning shimolidagi Megiddo qamoqxonasida saqlanayotgan falastinlik mahbuslar ochlik, tibbiy e’tiborsizlik va og‘ir yashash sharoitlariga duch kelayotganini ma’lum qilgan edi. F

alastin hamda Isroilda faoliyat yurituvchi inson huquqlari tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Isroil qamoqxonalarida ayollar va bolalarni ham o‘z ichiga olgan taxminan 9,5 ming nafar falastinlik mahbus saqlanmoqda. Huquq himoyachilari ular ochlik, qiynoqlar va tibbiy yordamning yetarli emasligi kabi og‘ir sharoitlarda saqlanayotganini qayd etmoqda.

    Boshqa yangiliklar