AsosiyJAMIYAT

Damashqda mikroavtobus portlatildi

Qurbonlar va yaralanganlar bor.

'Damashqda mikroavtobus portlatildi'ning rasmi

Suriya poytaxti Damashq yaqinidagi Jaramana tumanida mikroavtobusga oldindan o‘rnatilgan bomba portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi jarohat oldi.

Suriya rasmiylari ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga transport vositasiga yashirincha o‘rnatilgan portlovchi qurilma sabab bo‘lgan.

Guvohlarning aytishicha, portlash juda kuchli bo‘lgan. Hodisa sodir bo‘lgan ko‘chada ko‘plab do‘konlar va savdo nuqtalari joylashgan bo‘lib, portlash atrofdagilarda sarosima uyg‘otgan.

Qayd etilishicha, Jaramana asosan druzlar istiqomat qiladigan hudud hisoblanadi. So‘nggi vaqtlarda Suriyadagi druzlar qurolli guruhlari va mamlakatning yangi rahbariyati o‘rtasida keskinlik saqlanib qolmoqda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Suriyaning janubidagi Suvaydo viloyatida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 1 700 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Hisobotda hukumat qo‘shinlari, qabila jangarilari hamda druzlar qurolli guruhlari tomonidan ehtimoliy harbiy jinoyatlar sodir etilgani qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar