AsosiyJAMIYAT

Toshkentda Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi rahbarlari fuqarolarni qabul qildi

Qabulda 854 ta ish bo‘yicha 1 279 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. 403 ta ariza qabul qilindi, 410 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 41 tasi joyida ijobiy hal etildi.

'Toshkentda Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi rahbarlari fuqarolarni qabul qildi'ning rasmi

Toshkent shahri va viloyati aholisi uchun Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning murojaatlarini bevosita o‘rganish, ularni qonuniy tartibda hal etish va aholi bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirishdan iborat.

Tadbirda Toshkent shahri va Toshkent viloyati sudlari rahbarlari o‘rinbosarlari, sudyalar hamda mas’ul xodimlar ham ishtirok etdi. Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga bevosita murojaat qilib, huquqiy yechim va tartib-taomillar bo‘yicha tushuntirishlar oldi.

Qabul davomida 854 ta ish bo‘yicha 1 279 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan 403 ta ariza va shikoyat qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi, 410 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

E’tiborlisi, 41 ta murojaat qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etildi. Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sud tizimining ochiqligi va aholi bilan bevosita muloqotini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Toshkentda Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi rahbarlari fuqarolarni qabul qildi - Darakchi.uz