AsosiyJAMIYAT

Yaponiya noqonuniy qolgan O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi

Yaponiya tomoni qoidabuzarlar haqida O‘zbekiston hukumatiga ma’lumot berishi, yurtga qaytgandan so‘ng ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi mumkinligi ta’kidlangan.

'Yaponiya noqonuniy qolgan O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi'ning rasmi

Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi. U Yaponiyaga talaba vizasi bilan kirgan, ammo viza muddati tugaganidan so‘ng ham mamlakatda qolgan va keyinchalik hokimiyat tomonidan qo‘lga olingan.

Bu haqda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistondagi Yaponiya elchixonasi noqonuniy qolish yoki ishlash holatlarida hibsga olish, immigratsiya markaziga joylashtirish va deportatsiya kabi qat’iy choralar ko‘rilishini eslatdi.

Shuningdek, Yaponiya tomoni qoidabuzarlar haqida O‘zbekiston hukumatiga ma’lumot berishi, yurtga qaytgandan so‘ng ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi mumkinligi ta’kidlangan.

    Boshqa yangiliklar