AsosiyDUNYO

Kuba yoqilg‘i taqchilligi fonida quyosh energetikasiga o‘tmoqda

Mamlakatda so‘nggi ikki yilda kamida 59 ta quyosh elektr stansiyasi qurilgan.

'Kuba yoqilg‘i taqchilligi fonida quyosh energetikasiga o‘tmoqda'ning rasmi

Kuba yoqilgʻi tanqisligi va tez-tez elektr uzilishlari fonida quyosh energetikasini rivojlantirmoqda. Mamlakatda soʻnggi ikki yilda kamida 59 ta quyosh elektr stansiyasi qurilgan. Bu haqda xorijiy manbalarga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

The Wall Street Journal maʼlumotlariga koʻra, ularning 41 tasi oʻrta, 18 tasi kichik quvvatli stansiyalardir. Hukumat 2028 yilgacha oʻrta hajmdagi stansiyalar sonini 92 taga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Yangi stansiyalarning umumiy quvvati qariyb 1000 megavattni tashkil etishi mumkin. Bu mamlakatdagi odatiy elektr energiyasi talabining uchdan bir qismiga teng.

Quyosh energetikasidagi asosiy uskunalar Xitoydan keltirilmoqda. Xitoyning Kubaga quyosh panellari eksporti 2023 yildagi 3 million dollardan 2025 yilda 117 million dollarga oshgan.

Shu bilan birga, Kubada elektr taʼminoti muammolari saqlanib qolmoqda. 2026 yil boshidan beri mamlakatda kamida olti marta yirik blekaut kuzatilgan. 2 va 4 avgust kunlari esa elektr taʼminotidagi uzilishlar butun mamlakatni qamrab olgan.

    Boshqa yangiliklar

    Kuba yoqilg‘i taqchilligi fonida quyosh energetikasiga o‘tmoqda - Darakchi.uz