AsosiyDUNYO

Xitoyda kuchli tayfun: 1 milliondan ortiq aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi

Xitoyning sharqiy sohillariga 2026 yilda mamlakatga yetib kelgan eng kuchli tropik siklon — "Delfin" tayfuni chiqdi.

'Xitoyda kuchli tayfun: 1 milliondan ortiq aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi'ning rasmi

Xitoyning sharqiy sohillariga 2026 yilda mamlakatga yetib kelgan eng kuchli tropik siklon — “Delfin” tayfuni chiqdi. Kuchli shamol va yomg‘ir sabab mamlakat sharqida transport qatnovi izdan chiqib, 1 milliondan ortiq kishi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi. Bu haqda xorijiy manbalarga tayanib Zamon.uz ma’lum qildi.

Xitoy meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tayfun 9 avgust kuni soat 17:30 atrofida Chjejiang provinsiyasining Yuyxuan shahri yaqinida quruqlikka chiqqan. O‘sha vaqtda uning markazida shamol tezligi sekundiga 42 metrga, ya’ni soatiga 151 kilometrga yetgan.

“Delfin” Xitoyga yetib kelishidan avval Yaponiyaning Okinava prefekturasidan o‘tgan. U yerda olti kishi jarohatlangan, 50 mingdan ortiq bino elektr ta’minotisiz qolgan.

Meteorologlar 10 avgustgacha Chjejiang, Shanxay va qator boshqa hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kutilayotganini bildirgan. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik miqdori 500 millimetrga yetishi mumkin.

Shanxayda 30 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan, qariyb 1500 ta aviaqatnov bekor qilingan. Shahar portlaridagi yuzlab kemalar xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.

Mutaxassislar tayfunning sekin harakatlanishi kuchli yog‘ingarchilikni uzaytirishi, tog‘li hududlarda suv toshqini va ko‘chki xavfini oshirishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Rasmiylar aholini xavfli hududlardan uzoqlashish va mahalliy hokimiyatning evakuatsiya bo‘yicha ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar

    Xitoyda kuchli tayfun: 1 milliondan ortiq aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi - Darakchi.uz