AsosiyJAMIYAT

Endi banklardan 500 dollargacha valyutani hujjatsiz sotib olish mumkin.

Adliya vazirligi mazkur o'zgarish aholi uchun qulaylik yaratishga qaratilganini ta'kidladi.

'Endi banklardan 500 dollargacha valyutani hujjatsiz sotib olish mumkin.'ning rasmi

O‘zbekistonda banklardan 500 AQSh dollarigacha miqdorda naqd xorijiy valyutani sotib olishda pasport, ID-karta yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish talab etilmaydi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Yangi tartib Adliya vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan joriy yil 8 may kuni qabul qilingan 12/0473-sonli qaror asosida belgilangan.

Mazkur tartib 9 avgustdan kuchga kirdi.

Avval banklardan shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz naqd xorijiy valyutani 100 AQSh dollarigacha miqdorda sotib olish mumkin edi. Endi esa ushbu limit 500 dollarga oshirildi.

Adliya vazirligi mazkur o‘zgarish aholi uchun qulaylik yaratishga qaratilganini ta'kidladi.

"Adliya vazirligi aholiga yengillik yaratishga qaratilgan tashabbuslarni amaliyotga joriy qilishni o‘zining eng asosiy vazifalaridan biri deb hisoblaydi", deyiladi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar