AsosiyDUNYO

UEFA Infantino faoliyati bo‘yicha tergov boshlashi mumkin

Janni Infantino 2009–2016 yillarda UEFA bosh kotibi lavozimida ishlagan. 2016 yilda u FIFA prezidenti etib saylangan.

'UEFA Infantino faoliyati bo‘yicha tergov boshlashi mumkin'ning rasmi

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) FIFA prezidenti Janni Infantino faoliyati yuzasidan tergov boshlashi mumkin. Bu haqda "The Telegraph" xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, ehtimoliy tergov Infantino UEFA bosh kotibi bo'lib ishlagan davrda u bilan ishqiy munosabatda bo'lgan xodimaga olti xonali miqdorda kompensatsiya to'langani haqidagi xabarlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Manbaga ko'ra, tergov Infantinoning UEFAdagi 16 yillik faoliyatini, ya'ni 2000 yildan 2016 yilgacha bo'lgan davrni qamrab olishi mumkin.

Janni Infantino 2009–2016 yillarda UEFA bosh kotibi lavozimida ishlagan. 2016 yilda u FIFA prezidenti etib saylangan. Infantino keyingi saylovlarda ikki marta raqobatsiz qayta saylangan.

Avvalroq UEFA Infantino bosh kotib bo'lib ishlagan davrda u bilan ishqiy munosabatda bo'lgan xodimaga olti xonali kompensatsiya to'langani haqida xabar bergan edi.

Ma'lumot uchun, Janni Infantino 2001 yilda turmush qurgan. Uning to'rt nafar farzandi bor.

    Boshqa yangiliklar