AsosiyJAMIYAT

Shvetsiyada 9 ming yillik homilador ayol skeleti topildi

Arxeologlar ayolning bachadoni sohasida juda yaxshi saqlangan homila qoldiqlarini topgan.

'Shvetsiyada 9 ming yillik homilador ayol skeleti topildi'ning rasmi

Shvetsiyaning Gotland oroli yaqinidagi Lilla-Karlsyo orolida arxeologlar taxminan 9 ming yillik homilador ayol skeletini aniqladi. Uning bachadoni sohasida yaxshi saqlangan homila qoldiqlari ham topilgan. Bu haqda Shvetsiya davlat radiosi — SR xabar berdi.

Qayd etilishicha, homilador ayolning qoldiqlari Lilla-Karlsyo orolidagi Suder-Vagnxus g‘orida olib borilgan arxeologik qazishmalar vaqtida aniqlangan.

Arxeologlar ayolning bachadoni sohasida juda yaxshi saqlangan homila qoldiqlarini topgan. Mutaxassislar topilmaning yoshini taxminan 9 ming yil deb baholagan.

Arxeolog va loyiha rahbari Aleksandr Ryosen Shyostrandning ta’kidlashicha, mazkur topilma dunyoda ma’lum bo‘lgan eng qadimiy va yaxshi saqlangan homila namunalaridan biri hisoblanadi.

Mutaxassislar ushbu topilmani jahon miqyosida noyob arxeologik kashfiyot sifatida baholamoqda.

Ayni vaqtda hududdagi arxeologik qazishmalar davom ettirilmoqda. Olimlar ayolning kelib chiqishi hamda uni dafn etish marosimining xususiyatlarini aniqlashni rejalashtirgan.

    Boshqa yangiliklar