AsosiyJAMIYAT

Bugun Toshkentda kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

Shu sababli bugun Toshkent va yuqorida qayd etilgan hududlarda shamolli ob-havo kuzatiladi.

'Bugun Toshkentda kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin'ning rasmi

Bugun, 11 avgust kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol va chang-toʻzon kuzatilishi mumkin. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kunduz kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Toshkent va Samarqand viloyatlari hamda togʻli hududlarning ayrim joylarida shamol tezligi 9–14 metr/soniyagacha kuchayadi.

Shamol ayrim hududlarda chang-toʻzon bilan birga kuzatilishi mumkin.

Poytaxt Toshkentda ham shamol tezligi 12–14 metr/soniyagacha kuchayishi va ayrim joylarda chang-toʻzon koʻtarilishi kutilmoqda.

Shu sababli bugun Toshkent va yuqorida qayd etilgan hududlarda shamolli ob-havo kuzatiladi.

    Boshqa yangiliklar