12 avgust kuni Tatarstanning Nijnekamsk shahrida dronlar hujumi oqibatida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi maxsus aviareys orqali Vatanga olib kelindi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhumlar Tatarstandagi qurilish korxonalaridan birida mehnat qilgan. Hujum oqibatida yana bir necha nafar O‘zbekiston fuqarosi turli darajada tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, voqea oqibatlarini bartaraf etish va jabrlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish maqsadida hukumat komissiyasi tuzilgan. Tashqi ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Migratsiya agentligi hamda boshqa idoralar halok bo‘lganlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etgan.

Hodisa joyiga O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Botirjon Asadov hamda O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsuli Nodirjon Qosimov ham borgan.
Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston tomoni Rossiya tomoni bilan hamkorlikda mazkur voqea bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilib bormoqda. Xususan, jarohat olgan fuqarolarga zarur tibbiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 10 avgust kuni Rossiyaning Tatarstan Respublikasi Nijnekamsk shahrida bir qator ob’ektlarga dronlar orqali hujum qilingan. Hodisa oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
12 avgust kuni Tatarstanning Nijnekamsk shahrida dronlar hujumi oqibatida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi maxsus aviareys orqali Vatanga olib kelindi.
Ma’lum bo‘lishicha, marhumlar Tatarstandagi qurilish korxonalaridan birida mehnat qilgan. Hujum oqibatida yana bir necha nafar O‘zbekiston fuqarosi turli darajada tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, voqea oqibatlarini bartaraf etish va jabrlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish maqsadida hukumat komissiyasi tuzilgan. Tashqi ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Migratsiya agentligi hamda boshqa idoralar halok bo‘lganlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etgan.
Hodisa joyiga O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Botirjon Asadov hamda O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsuli Nodirjon Qosimov ham borgan. Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston tomoni Rossiya tomoni bilan hamkorlikda mazkur voqea bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilib bormoqda. Xususan, jarohat olgan fuqarolarga zarur tibbiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.






