AsosiyDUNYO

Futbol klubi avtobusidan 86,5 kilogramm “marixuana” topildi

San-Paulu klubi mazkur avtobusdan foydalanmaganini ma'lum qildi. Klub delegatsiyasi uchun boshqa transport vositasi ajratilgan.

'Futbol klubi avtobusidan 86,5 kilogramm “marixuana” topildi'ning rasmi

Boliviyada Braziliyaning "San-Paulu" futbol klubi delegatsiyasi uchun mo'ljallangan avtobusdan 86,5 kilogramm marixuana topildi. Bu haqda UOL portali xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, voqea jamoaning Janubiy Amerika kubogi 1/8 finalida Boliviyaning "Bolivar" klubiga qarshi safar uchrashuvi oldidan sodir bo'lgan.

Avtobus Kochabamba shahri yaqinida to'xtatilgan. Tekshiruv davomida transport vositasidan giyohvand modda solingan to'rtta qop aniqlangan.

Operatsiya natijasida avtobusning uch nafar haydovchisi qo'lga olingan. Hozirda ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

"San-Paulu" klubi mazkur avtobusdan foydalanmaganini ma'lum qildi. Klub delegatsiyasi uchun boshqa transport vositasi ajratilgan. 

Qayd etish joiz, "San-Paulu" va "Bolivar" o'rtasidagi musobaqaning 1/8 final bosqichidagi birinchi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan. Jamoalar o'rtasidagi javob bahsi 19 avgust kuni Braziliyada o'tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar