AsosiyDUNYO

Trump yana prezidentlikka nomzod bo‘lmoqchi

Uning so‘zlariga ko‘ra, "hamma" uning uchinchi muddatga ham saylovda qatnashishini xohlamoqda.

'Trump yana prezidentlikka nomzod bo‘lmoqchi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Tramp uchinchi muddatga prezidentlikka nomzodini qoʻyishni xohlashini aytdi. Biroq u AQSh qonunchiligi bunga yoʻl qoʻymasligini ta'kidladi. Tramp bu haqda Vashington yaqinidagi Endryus harbiy bazasiga tashrifi chogʻida jurnalistlar bilan suhbatda ma'lum qildi.

"Men nomzodimni qoʻyishni xohlardim, lekin qonun juda qat'iy", dedi Tramp.

Uning soʻzlariga koʻra, "hamma" uning uchinchi muddatga ham saylovda qatnashishini xohlamoqda.

AQSh Konstitutsiyasiga 1951 yilda kiritilgan 22-tuzatish prezidentlik lavozimiga bir shaxsning ikki martadan ortiq saylanishini taqiqlaydi. Shu sababli Trampning 2028 yilgi saylovda uchinchi muddatga nomzod boʻlishi amaldagi qonunchilikka zid hisoblanadi.

Tramp 2024 yil noyabr oyidagi prezidentlik saylovida Demokratik partiya nomzodi Kamala Harrisni magʻlub etib, ikkinchi muddatga saylangan. U ilk bor 2017–2021 yillarda AQSh prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

Tramp avval ham uchinchi muddatga prezidentlik qilish ehtimoli haqida bir necha bor gapirgan. 2026 yil iyul oyida esa u "Trump 2028" yozuvi tushirilgan bosh kiyimda ham koʻrinish bergan.

    Boshqa yangiliklar