AsosiyJAMIYAT

Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz uchun 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

2026 yilning birinchi yarmida 562 ming 918 ta ehtiyojmand oilaga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun jami 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lab berildi.

'Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz uchun 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi'ning rasmi

Mazkur kompensatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-son qarori asosida ajratilmoqda.

Qarorga ko‘ra, ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gazdan belgilangan bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.

Joriy yilning yanvar–iyun oylarida to‘langan 92,1 mlrd so‘m kompensatsiyaning:

— 51 mlrd 427,8 mln so‘mi — elektr energiyasi uchun;

— 40 mlrd 702,3 mln so‘mi — tabiiy gaz uchun ajratilgan. 

Kompensatsiya olish bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun fuqarolar mahalladagi ijtimoiy xodimga, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Ijtimoiy himoya milliy agentligining 1140 qisqa raqamli koll-markaziga murojaat qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar