AsosiyDUNYO

Misrda savdo markazida geliy balloni portladi: 3 kishi halok bo‘ldi

Hodisa 13 avgust kuni Arabella Plaza savdo markazida sodir bo'lgan.

'Misrda savdo markazida geliy balloni portladi: 3 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Misrning Yangi Qohira shahridagi savdo markazida geliy balloni portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 17 kishi jarohatlandi. Hodisa 13 avgust kuni Arabella Plaza savdo markazida sodir bo‘lgan.

Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, portlash savdo markazining birinchi qavatida joylashgan sovg‘alar do‘konidagi geliy ballonida yuz bergan.

Portlashdan so‘ng do‘kon ichida kichik yong‘in ham chiqqan. Biroq yong‘in qisqa vaqt ichida nazoratga olingan. Shuningdek, portlash va yong‘in oqibatida yaqin atrofdagi ayrim do‘konlarning fasad qismi zararlangan.

Hodisa haqida xabar olinishi bilan voqea joyiga 8 ta tez yordam mashinasi yuborilgan. Jarohatlanganlarning 11 nafari New Cairo Specialized Hospital shifoxonasiga, yana 6 nafari yaqin atrofdagi tibbiyot muassasalariga olib ketilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini va ularning ahvoli shifokorlar nazoratida ekanini bildirgan. Shuningdek, hodisa yaqinidagi shifoxonalarda yuqori tayyorgarlik rejimi joriy etilgan.

Ma’lumot uchun, Yangi Qohira — Misr poytaxti Qohiraning sharqiy qismida joylashgan yangi shaharlardan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar

    Misrda savdo markazida geliy balloni portladi: 3 kishi halok bo‘ldi - Darakchi.uz