AsosiyDUNYO

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Tursunzodada o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar qurish va ularni o‘zbek tilidagi darsliklar bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.

'Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi'ning rasmi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Tursunzoda shahriga ishchi tashrifi chog‘ida o‘zbekzabon aholi uchun ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan yangi o‘quv muassasalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “Xovar” nashri xabar berdi.

Mas’ullarga yangi maktablarni o‘zbek tilidagi darsliklar va zarur o‘quv materiallari bilan ta’minlash vazifasi ham yuklatilgan.

Prezident o‘qituvchilarni zamonaviy fanlar, axborot texnologiyalari, matematika, tabiiy va aniq fanlar hamda xorijiy tillarni chuqur o‘qitishga chaqirgan.

Ayni paytda Tursunzoda shahrida 132 ta umumta’lim muassasasi faoliyat yuritib, ularda 78 ming 863 nafardan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda.

Tojikiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga tayyorgarlik doirasida shaharda 24 ta ta’lim muassasasini qurish rejalashtirilgan. Hozirga qadar 8185 o‘quvchiga mo‘ljallangan 19 ta o‘quv binosi foydalanishga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar

    Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi - Darakchi.uz