AQSh prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini yaqin orada AQSh hududi deb e’lon qilishi mumkinligini bildirdi. Uning aytishicha, bu qaror Eron ustidan g‘alaba qozonilganidan so‘ng qabul qilinishi mumkin. Bu haqda Nyu-Yorkdagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.
Tramp Hormuz bo‘g‘ozi blokada qilinganini va AQSh xohlasa, u orqali hech bir kema o‘ta olmasligini ta’kidlagan.
Bu bayonot AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar natijasiz yakunlanayotgan bir paytda yangradi. Eron tomoni esa bo‘g‘ozni ochish masalasi faqat Tehron vakolatida ekanini bildirgan.
Hormuz bo‘g‘ozi Fors ko‘rfazini Ummon ko‘rfazi bilan bog‘laydi. Dunyodagi neft ta’minotining qariyb 20 foizi mazkur strategik suv yo‘li orqali amalga oshiriladi.






