AsosiyJAMIYAT

Surxondaryoda o‘rmon yondi

Boysun tumanidagi o‘rmonda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 1 gektar maydondagi quruq o‘t va shox-shabbalar yonib ketdi.

'Surxondaryoda o‘rmon yondi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi o‘rmonda quruq o‘t va shox-shabbalar yondi. Hodisa 12 avgust kuni soat 17:15 da “112” tizimi orqali ma’lum qilingan.

Yong‘inni bartaraf etish ishlariga FVBdan 194 nafar xodim va 8 ta texnika, Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligidan 60 nafar xodim va 3 ta texnika, shuningdek, 55 nafar mahalliy ko‘ngilli jalb etilgan.

Surxondaryo viloyati FVB ma’lum qilishicha, 15 avgust soat 09:00 holatiga ko‘ra, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida taxminan 1 gektar maydondagi quruq o‘t va shox-shabbalar yongan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

    Boshqa yangiliklar