AsosiySIYOSAT

Ma'muriy sudlarda ishlarni ko'rib chiqish tartibi kuchaytiriladi

Yangi qonunga ko‘ra, ma’muriy organlarning mansabdorlari yoki ularning vakillari fuqarolar va tadbirkorlarning shikoyatlari ko‘rilayotgan sud majlislarida ishtirok etishi shart.

'Ma'muriy sudlarda ishlarni ko'rib chiqish tartibi kuchaytiriladi'ning rasmi

Prezident fuqarolar va tadbirkorlarning iqtisodiy hamda ma'muriy sudlarga murojaat qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi.

Unga ko'ra, Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks yangi 148¹-modda bilan to'ldirildi. U ma'muriy organ mansabdori yoki uning vakili sud majlisiga kelmagan taqdirdagi oqibatlarni belgilaydi.

Ma'muriy organ qarori, shuningdek, uning mansabdori harakati yoki harakatsizligi ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqishda tegishli mansabdor yoki uning vakili sud majlisida ishtirok etishi shart.

Agar ular sudga kelmasa, ishni ko'rib chiqish qoldiriladi. Uzrli sabab bo'lmagan taqdirda, sud mansabdor shaxsga sud jarimasi qo'llashi mumkin.

Shu bilan birga, agar sud mansabdor yoki uning vakili ishtirokisiz ishni har tomonlama, to'liq va to'g'ri hal qilish mumkin, degan xulosaga kelsa, ish ularsiz ham ko'rib chiqilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar

    Ma'muriy sudlarda ishlarni ko'rib chiqish tartibi kuchaytiriladi - Darakchi.uz