AsosiyJAMIYAT

O‘zbekiston va Turkmaniston aviaqatnovlarni tiklashni mumkin

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

'O‘zbekiston va Turkmaniston aviaqatnovlarni tiklashni mumkin'ning rasmi

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklash masalasi muhokama qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.

13 avgust kuni Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Shodurdi Meredov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda transport-logistika sohasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda haydovchilar uchun vizalarni elektron rasmiylashtirish, “Farab–Olot” chegara o‘tkazish punktidagi tartib-taomillarni takomillashtirish, navbatlar va kutish vaqtini qisqartirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tez buziladigan yuklar uchun alohida koridor tashkil etish, neytral hududda ikkinchi ko‘prik qurish, Turkmanboshi porti orqali avtomobil va temiryo‘l tashuvlarini ko‘paytirish hamda yuk mashinalariga qo‘yiladigan vazn va gabarit cheklovlarini qayta ko‘rib chiqish taklif etildi.

Turkmaniston tomoni bildirilgan takliflarni ko‘rib chiqish va tegishli davlat organlariga etkazishga tayyorligini ma’lum qildi. Tomonlar transport-logistika sohasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

    Boshqa yangiliklar

    O‘zbekiston va Turkmaniston aviaqatnovlarni tiklashni mumkin - Darakchi.uz