AsosiyJAMIYAT

Sud raisi Aziza Mirzayeva YTHda halok bo‘ldi

Ma'lumotlarga ko'ra, u boshqaruvidagi Cobalt yo'ldan chiqib, ag'darilib ketgan.

'Sud raisi Aziza Mirzayeva YTHda halok bo‘ldi'ning rasmi

Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi raisi Aziza Mirzayeva yo‘l-transport hodisasida vafot etdi. YTH 15 avgust kuni "Zarafshon–Tomdi" avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Mirzayeva Zarafshon shahridagi ish joyidan Tomdi tumaniga Cobalt avtomashinasida ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotgan. Avtomobil yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketgan. Sud raisi og‘ir tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga tezlikni oshirish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda YTHning aniq sabablari o‘rganilmoqda.

39 yoshli Aziza Mirzayeva 2024 yil dekabr oyida Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga tayinlangan edi. U ikki farzandning onasi bo‘lgan.

Sudyalar oliy kengashi va Oliy sud marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar