Kolumbiyaning Kundinamarka departamentidagi Kukunuba hududida konda portlash sodir bo‘lib, olti konchi halok bo‘ldi. Bu haqda xorijiy manbalarga tayanib Zamon.uz xabar berdi.
Hodisa La Ramada hududidagi "El Porvenir 1" konida yuz bergan. Portlash vaqtida konda yetti kishi bo‘lgan, ulardan biri o‘z kuchi bilan tashqariga chiqqan.
Qutqaruvchilar olti konchining jasadini topgan.
Ma'lum bo‘lishicha, hodisadan avval konda tekshiruv o‘tkazilib, xavfsizlik talablari buzilgani aniqlangan. Shu sababli kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar kon faoliyatini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berilgan.
Biroq shunga qaramay, konda ishlar davom ettirilgan bo‘lishi mumkin. Hozir mutaxassislar portlash sabablari va taqiqqa qaramay ish qanday davom etganini aniqlamoqda.






