AsosiyDUNYO

Moskvaga ommaviy dronlar hujumi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, poytaxtga qilingan tungi hujumda qariyb 600 ta dron ishtirok etgan.

'Moskvaga ommaviy dronlar hujumi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi'ning rasmi

16 avgustga o‘tar kechasi Moskva va Moskva viloyati dronlar hujumiga uchradi. Hujum oqibatida Podolskdagi "Koledino" industrial parki hududida joylashgan Wildberries omborida yong‘in chiqdi. Bu haqda Moskva viloyati hokimiyati xabar berdi.

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan, olti kishi jarohatlangan. U hujumni so‘nggi vaqtlardagi eng ommaviy hujumlardan biri deb atadi.

Hokimiyat hujumga uchragan obyektlar qatorida Podolskdagi Wildberries ombori ham borligini tasdiqladi. Mazkur obyekt kompaniyaning Rossiyadagi eng yirik logistika markazlaridan biri hisoblanadi. Wildberries hodisa yuzasidan hozircha izoh bermagan. Vorobyov esa ombordagi yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘qligini bildirgan.

Shuningdek, Domodedovoda yana bir ombor binosida yong‘in chiqqan. Gubernator mazkur obyektni dori-darmonlar ombori deb atagan. Mahalliy hokimiyat va OSINT loyihalari gap "Severnoye Domodedovo" majmuasi haqida ketayotganini bildirgan.

Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, poytaxtga qilingan tungi hujumda qariyb 600 ta dron ishtirok etgan.

Shu kecha Rostov viloyati ham dronlar hujumiga uchragan. Viloyatda besh kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi jarohatlangan.

    Boshqa yangiliklar