Vengriyaning sharqiy qismida polshalik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus ag'darilib ketishi oqibatida 12 kishi halok bo'ldi, yana 37 kishi jarohatlandi. Bu haqda xorijiy manbalarga tayanib Zamon.uz xabar berdi.
Hodisa 16 avgust kuni Mezokereshtesh shahri yaqinidagi M3 avtomagistralida sodir bo'lgan. Serbiyadan Polshaga yo'l olgan avtobusda 57 nafar yo'lovchi va ikki nafar haydovchi bo'lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, avtobus yo'ldan chiqib, zovurga tushgan va ag'darilib ketgan. Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo'lishi mumkinligini bildirgan. U hibsga olingan.
11 kishi voqea joyida, yana bir kishi shifoxonada vafot etgan. Qutqaruvchilar avtobus ichida qolib ketgan ayrim yo'lovchilarni derazalar orqali olib chiqqan.
Mazkur hodisa Vengriyada 2003 yildan buyon eng ko'p qurbon berilgan yo'l-transport hodisasi bo'ldi. 2003 yilda Siofok shahrida poyezd sayyohlarni olib ketayotgan avtobus bilan to'qnashib, 33 kishi halok bo'lgan.






