O‘zbekistonda 2026 yilning birinchi yarmida qariyb 83 ming dona Cobalt ishlab chiqarildi. Biroq ularning 41 mingga yaqini, ya’ni 49 foizi ichki bozorda sotilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–iyun oylarida 82 951 dona Cobalt ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9855 donaga ko‘p.
Shu davrda UzAuto Motors ichki bozorda 40 936 dona Cobalt sotgan. Bu ishlab chiqarilgan avtomobillar umumiy sonining 49 foiziga teng.

Shu bilan birga, Cobalt’ning ichki bozordagi sotuvi bir yilda sezilarli kamaygan. 2025 yilning birinchi yarmida 67 580 dona avtomobil sotilgan bo‘lsa, 2026 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 40 936 donani tashkil etgan.
Natijada Cobalt’ning ichki bozordagi sotuvi yil davomida qariyb 39 foizga qisqargan.






