AsosiyJAMIYAT

YPH xodimidan qochgan Onix haydovchisi do'konga borib urildi

Yo'l-transport hodisasi oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Biroq Onix texnik shikastlangan.

'YPH xodimidan qochgan Onix haydovchisi do'konga borib urildi'ning rasmi

Andijonda YPH hodimlarining to'xtash haqidagi qonuniy talabiga bo'ysunmagan Onix haydovchisi rul boshqaruvini yo'qotib, do'konga borib urildi. Haydovchi avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqargani, shuningdek, transport vositasiga nisbatan 10 million so'mdan ortiq muddati o'tgan qarzdorlik mavjudligi aniqlangan.

Voqea 17 avgust kuni soat 01:10 larda Andijon shahridagi Mashrab ko'chasida sodir bo'lgan.

Ma'lum qilinishicha, shu yerda xizmat olib borayotgan YPH hodimlari Onix haydovchisiga to'xtash ishorasini bergan. Biroq haydovchi ichki ishlar organi hodimining qonuniy talabiga bo'ysunmay, harakatini Lomonosov ko'chasi tomon davom ettirgan.

Shundan so'ng haydovchi rul boshqaruvini yo'qotgan va yo'l chetida joylashgan do'konga borib urilgan.

Hodisa joyida haydovchining hujjatlari tekshirilganda, 1999 yilda tug'ilgan U.M. avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqargani ma'lum bo'lgan. Bundan tashqari, mazkur transport vositasiga nisbatan 10 million so'mdan ortiq muddati o'tgan qarzdorlik mavjudligi aniqlangan.

Haydovchiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi hamda 194-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Yo'l-transport hodisasi oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Biroq Onix texnik shikastlangan.

Hozirda holat yuzasidan Andijon shahar IIB YHXB hodimlari tomonidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, bu Andijonda YPH hodimining to'xtash talabiga bo'ysunmagan haydovchi bilan bog'liq so'nggi holatlardan biri. Viloyat YHXB ma'lumotlariga ko'ra, bunday holatlar yuzasidan haydovchilarga nisbatan qonuniy choralar ko'rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar