Davlat rahbari muloqot davomida tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini tinglab, ularning zamonaviy fikrlashi, biznesini kengaytirish va yangilikka intilishi mamlakat taraqqiyoti uchun muhim ekanini qayd etdi.
“Sizlar bilan gaplashib, bir narsaga amin bo‘ldim. Yurtimizda zamonaviy fikrlaydigan, o‘z biznesini kengaytirish uchun yangilikka intilayotgan yangi avlod tadbirkorlari shakllanmoqda.
Hech qachon oldinga intilishdan, o‘sishdan, rivojlanishdan, yangilik qilishdan to‘xtamang! Sizlarning ortangizda doimo qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli davlat, huquq va manfaatingizni himoya qiladigan qonun, tashabbus va maqsadlaringizni ro‘yobga chiqarishda yelkadosh bo‘lgan Prezident bor!”— dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev muloqot yakunida yig‘ilganlarni yana bir bor Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi.
Davlat rahbari tadbirkorlarga sihat-salomatlik, ishlarida rivoj va oilaviy xotirjamlik tiladi.






