AsosiyJAMIYAT

Namanganda qurilish mollari savdo bozorida yong‘in chiqdi

Ayni vaqtda yong‘inni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Uni o‘chirishga zarur maxsus texnika va kuchlar jalb qilingan.

'Namanganda qurilish mollari savdo bozorida yong‘in chiqdi'ning rasmi

Bugun, 18 avgust kuni Namangan viloyati Yangi Namangan tumanidagi "Qurilish mollari savdo bozori" hududida yong'in sodir bo'ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qilishicha, soat 13:46 da "112" tizimi orqali "Mingchinor" mahallasi hududida joylashgan bozordagi savdo rastalari yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so'ng voqea joyiga yong'in-qutqaruv bo'linmalari zudlik bilan yetib borgan. Yong'in soat 13:58 da qurshab olingan.

Ayni vaqtda yong'inni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Uni o'chirishga zarur maxsus texnika va kuchlar jalb qilingan. Vaziyat to'liq nazoratga olingan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yong'in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida ma'lumot kelib tushmagan.

    Boshqa yangiliklar