AsosiyJAMIYAT

Toshkentga Ronaldu, Farg‘onaga esa Benzema kelishi mumkin

Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Kuala-Lumpurdagi qarorgohida Elit Osiyo Chempionlar Ligasi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

'Toshkentga Ronaldu, Farg‘onaga esa Benzema kelishi mumkin'ning rasmi

Qur'a natijalari O'zbekistonlik futbol muxlislariga jahon futboli yulduzlarini o'z maydonida ko'rish imkonini yaratdi.

Qur'aga ko'ra, Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi "Paxtakor"ning Toshkentdagi raqiblaridan biri bo'ldi. Shu tariqa, portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduning poytaxtga kelishi mumkin.

Farg'onaning "Neftchi" klubi esa o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasini qabul qiladi. Ushbu klub safida fransiyalik yulduz Karim Benzema to'p tepmoqda. Demak, Benzemaning ham Farg'onada mahalliy muxlislar qarshisida maydonga tushishi ehtimoli bor.

Qayd etilishicha, bu yilgi musobaqada jamoalar soni 24 tadan 32 taga oshirilgan. O'zbekiston sharafini "Paxtakor" va "Neftchi" klublari himoya qiladi.

Har bir jamoa musobaqada 8 ta uchrashuv o'tkazadi. Shundan 4 tasi o'z maydonida, yana 4 tasi safarda bo'lib o'tadi.

Shu tariqa, agar Ronaldu va Benzema mazkur uchrashuvlarda maydonga tushsa, o'zbekistonlik futbol muxlislari jahon futboli yulduzlarini Toshkent va Farg'onada bevosita ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladi.

    Boshqa yangiliklar