AsosiyDUNYO

Qozog'istonda 111 yillik jazirama rekordi yangilandi

Qizilo‘rda va Turkiston shaharlarida harorat yanada yuqori bo‘lgan. 17 iyul kuni Qizilo‘rdada 45,2 daraja, 18 iyul kuni Turkistonda esa 47,6 daraja issiq qayd etilgan.

'Qozog'istonda 111 yillik jazirama rekordi yangilandi'ning rasmi

Maʼlum qilinishicha, iyul oyida mamlakatning aksar hududlarida havo harorati meʼyordan 1–4 daraja yuqori boʻlgan. Rekord darajadagi issiqlik nafaqat janubiy, balki shimoliy, sharqiy va markaziy viloyatlarda ham kuzatilgan.

Shimkentda 16–20 iyul kunlari havo harorati 41,3, 43,1, 45 va 45,2 darajagacha koʻtarilgan. 16 va 17 iyul kunlari qayd etilgan koʻrsatkichlar 1915 yildagi rekorddan yuqori boʻlgan. 19 va 20 iyul kunlaridagi harorat esa 2019 yilda oʻrnatilgan rekordlarni ham yangilagan.

Olmaota shahrida ham bir necha kun davomida rekord darajadagi issiqlik qayd etilgan. Xususan, 16 iyul kuni +38 daraja, 17 iyul kuni +39,2 daraja, 18 iyul kuni +40 daraja va 20 iyul kuni +41,5 daraja issiq boʻlgan.

Qozogʻiston poytaxti Ostonada 14 iyul kuni havo harorati +38,6 darajagacha koʻtarilib, 1992 yildagi rekord yangilangan.

Oʻskemen shahrida esa 2 iyul kuni +34,4 daraja, 16 iyul kuni +39,7 daraja qayd etilgan. Bu koʻrsatkichlar mos ravishda 1969 yilda oʻrnatilgan rekordlardan yuqori boʻlgan.

Qiziloʻrda va Turkiston shaharlarida ham havo harorati 45 darajadan oshgan. 17 iyul kuni Qiziloʻrdada +45,2 daraja, 18 iyul kuni Turkistonda esa +47,6 daraja issiq kuzatilgan.

“Qazgidromet” maʼlumotlariga koʻra, iyul oyida mamlakatning ayrim hududlarida yogʻingarchilik miqdori ham meʼyordan bir necha barobar yuqori boʻlgan. Jambil viloyati, Qaragʻanda viloyati, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati, Atirau viloyati va Qoʻstanay viloyatida kuchli yomgʻirlar qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar