AsosiyDUNYO

Rossiyada ayiq sayyohlar palatkasiga hujum qilib, ayolni o‘rmonga olib ketdi.

Yirtqich palatkada bo‘lgan 29 yoshli ayolni o‘rmonga olib ketgan va u yerda uni o‘ldirgan.

'Rossiyada ayiq sayyohlar palatkasiga hujum qilib, ayolni o‘rmonga olib ketdi.'ning rasmi

Rossiyaning Oltoy Respublikasi Artibash qishlog‘ida sayyohlar joylashgan palatkaga ayiq hujum qildi. Yirtqich palatkada bo‘lgan 29 yoshli ayolni o‘rmonga olib ketgan va u yerda uni o‘ldirgan. 

Ma’lum qilinishicha, voqea tungi vaqtda, sayyohlar uxlab yotgan paytda sodir bo‘lgan. Ayiq palatkani yirtib, ayolni tashqariga sudrab chiqqan va o‘rmon tomon olib ketgan.

Atrofdagilar yirtqichni haydashga uringan. Biroq ayiq ularga ham tashlangani sababli, ayolni qutqarishning imkoni bo‘lmagan. Keyinroq uning halok bo‘lgani ma’lum qilingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vahshiy hayvonni palatka yoki sayyohlarning yuklarida qoldirilgan oziq-ovqat hidi jalb qilgan bo‘lishi mumkin. 

Ayni vaqtda mutasaddi idoralar ayiq bilan qanday chora ko‘rish masalasini hal qilmoqda. Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar