AsosiyJAMIYAT

Innovatsion rivojlanish agentligi 400 mlrd so‘mlik loyihalarni moliyalashtirdi

Ushbu mablag‘lar 17 ta tanlov doirasida saralangan 202 ta ilmiy loyihaga taqsimlangan.

'Innovatsion rivojlanish agentligi 400 mlrd so‘mlik loyihalarni moliyalashtirdi'ning rasmi

19 avgust kuni Innovatsion rivojlanish agentligining 2026 yil I yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Agentlikning ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy kadrlar salohiyatini oshirish va sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, hisobot davrida 17 ta tanlov o‘tkazilib, 395,5 mlrd so‘mlik 202 ta ilmiy loyiha moliyalashtirilgan. Oliy ta’limdan keyingi ta’limga esa 42 776 ta ariza kelib tushib, 16 045 nafar talabgor qabul qilingan.

Shuningdek, yosh olimlarning xorijiy stajirovkalari va akademik harakatchanligini qo‘llab-quvvatlash, hududlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda ilmiy jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar Agentlik vakillariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.

    Boshqa yangiliklar