AsosiyJAMIYAT

Eron AQShning Yevropadagi harbiy obyektlariga zarba berishni ko‘rib chiqmoqda

Agar AQSh harbiy harakatlarni kuchaytirsa, Tehron javob choralarining geografik ko‘lamini kengaytirishni ko‘rib chiqishi mumkin.

'Eron AQShning Yevropadagi harbiy obyektlariga zarba berishni ko‘rib chiqmoqda'ning rasmi

Eron AQSh prezidenti Donald Tramp mojaroni yanada keskinlashtirgan taqdirda, Yevropadagi Amerika harbiy obyektlariga zarba berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda "Financial Times" xabar berdi.

Nashrning Eron rahbariyatiga yaqin ikki manbasiga ko'ra, Tehron ehtimoliy nishonlar sifatida Janubi-Sharqiy Yevropadagi ayrim obyektlarni baholagan. Ular orasida Bolgariya va Kiprdagi AQSh hamda G'arb harbiy kuchlari foydalanadigan obyektlar bor.

Manbalarning ta'kidlashicha, Eronning keyingi harakatlari Vashingtonning qarorlariga bog'liq bo'ladi. Agar AQSh harbiy harakatlarni kuchaytirsa, Tehron javob choralarining geografik ko'lamini kengaytirishni ko'rib chiqishi mumkin.

Bu orada AQSh va Eron o'rtasidagi muzokaralar hamon bosiqlik bilan kechmoqda. Donald Tramp 18 avgust kuni Eron bilan hozircha muzokaralar rejalashtirilmaganini aytgan.

Tramp, shuningdek, Eronni qo'llab-quvvatlaydigan davlatlar va tashkilotlarga nisbatan "misli ko'rilmagan" iqtisodiy choralar ko'rilishini ma'lum qildi. U Vashington Tehronga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirishini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar