AsosiyJINOYAT

Davlat zaxirasidagi yerni noqonuniy sotmoqchi bo'lganlar qo'lga tushdi

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Davlat zaxirasidagi yerni noqonuniy sotmoqchi bo'lganlar qo'lga tushdi'ning rasmi

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi mahalla fuqarolar yig'inlaridan birining raisi va 1970 y.t. shaxs davlat zahirasidagi 10 sotix yer maydonini xaridorga 20 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali muhandisiga 2-3 ming dollar berish orqali yerning tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda mahalla raisi, kadastr muhandisi hamda 1970 y.t. fuqaro 17 ming AQSH dollari va 37 mln so'm olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar