AsosiyJAMIYAT

Namanganda transformatorda tok urgan bola vafot etdi

Buning ortidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

'Namanganda transformatorda tok urgan bola vafot etdi'ning rasmi

Qayd etilishicha, bola gilos eyish maqsadida yuqori kuchlanishli transformator ustiga chiqqan vaqtda uni tok urgan. Oqibatda u og‘ir tan jarohati olgan va shifokorlar sa’y-harakatlariga qaramay, vafot etgan.

Marhumning qarindoshlari transformator atrofi xavfsizlik talablariga javob bermaganini bildirgan. Ularning aytishicha, hudud o‘ralmagan bo‘lgan, ayrim simlar esa ochiq holda qoldirilgan.

Bolalar ombudsmani barcha hududlarda elektr qurilmalari xavfsizligi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar