AsosiyJAMIYAT

Neymar Jahon chempionati oldidan yana jarohat oldi

Hozirda Neymar “Santos”ning mashg‘ulot markazida shaxsiy tibbiy guruhi nazorati ostida tiklanmoqda. Shuningdek, Braziliya futbol konfederatsiyasi mutaxassislari ham uning holatini kuzatib bormoqda.

'Neymar Jahon chempionati oldidan yana jarohat oldi'ning rasmi

Braziliya terma jamoasi va “Santos” klubi hujumchisi Neymar 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni arafasida yana jarohat oldi. Futbolchining o‘ng boldir mushaklarida shish paydo bo‘lgani aytilmoqda.

“Globo” nashrining xabar berishicha, jarohat jiddiy emas. Shunga qaramay, 34 yoshli futbolchi ma’lum muddat davolanishi va jismoniy yuklamalarni cheklashi kerak bo‘ladi.

Hozirda Neymar “Santos”ning mashg‘ulot markazida shaxsiy tibbiy guruhi nazorati ostida tiklanmoqda. Shuningdek, Braziliya futbol konfederatsiyasi mutaxassislari ham uning holatini kuzatib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, hujumchi 27 mayga qadar to‘liq mashg‘ulotlarga qaytishi va Jahon chempionati oldidan milliy terma jamoa yig‘iniga qo‘shilishi kutilmoqda.

Avvalroq Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni uch yillik tanaffusdan so‘ng yana terma jamoa tarkibiga jalb qilgandi.

    Boshqa yangiliklar