​TATUga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi

Jamiyat 15.03.2017, 20:49
Teglar: Oliy ta`lim muassasalari
​TATUga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi

15 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori imzolandi.

Ulug` alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, asrab-avaylashning naqadar muhimligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish, shuningdek, yoshlarga ta`lim-tarbiya berish va ilm-fanning yuksak marralarini zabt etish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda respublika iqtisodiyotining etakchi tarmoqlari va sohalari uchun axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda 2017/2018 o`quv yilidan boshlab Universitetda ulug` alloma Muhammad al-Xorazmiyning nomini abadiylashtirish hamda uning buyuk va bebaho merosini keng o`rganish bilan bog`liq bir qator tadbirlarni amalga oshiradi.

Qarorga ko`ra, Universitetning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyani joriy etiladi. Respublikaning etakchi olimlari, xususan, akademiklar va fan arboblari ishtirokida oliy ta`lim muassasalari talabalari, yosh olimlar, professor-o`qituvchilar bilan ilmiy uchrashuvlar hamda davra suhbatlarini tashkil etiladi. Shuningdek iqtidorli talabalar, yosh olimlar va professor-o`qituvchilarning istiqbolli ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari va ilmiy maqolalari davriy ravishda e`lon qilib boriladigan “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” nomli ilmiy jurnalni ta`sis etiladi.

2018 yilda Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligini keng nishonlash yuzasidan ilmiy-amaliy va ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarni amalga oshiriladi.

Universitet qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan Ilmiy-innovasion rivojlantirish jamg`armasi (keyingi o`rinlarda Jamg`arma deb yuritiladi) tashkil etilib, uning mablag`larini shakllantirish manbalari etib mobil aloqa xizmatlari ko`rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to`lanadigan to`lovdan tushadigan mablag`larning 1,0 foiz miqdoridagi ajratmalar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar belgilanadi.

Jamg`arma mablag`laridan o`quv darsliklar va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish, shu jumladan, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish, uning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya xarajatlarini qoplash va “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” nomli ilmiy jurnal nashr etilishini moliyaviy qo`llab-quvvatlash, Universitet va Markazning axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tanlov asosida moliyalashtirish, ularning ilmiy va o`quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar, zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan ta`minlanadi.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va tijorat banklariga Universitetning buyurtmanomalari bo`yicha Jamg`arma mablag`lari hisobidan xorijdan sotib olinadigan zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar, butlovchi qismlar hamda xorijiy ilmiy adabiyotlar uchun zarur bo`lgan pul mablag`larini konvertasiya qilish tavsiya etildi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjaev zimmalariga yuklandi.

Sharhlar

❓Oliy ta`lim muassasalarida a`naviy ta`lim qachondan ochiladi?

21.09.2020, 20:58

Bu haqda Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi boshqarma boshlig`i  Abduvali Xoliqov javob berdi«Bugungi kunda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Sog`liqni saqlash vazirligi bilan shu...
Talabalarning qishqi ta`til muddati o`zgarishi mumkin

12.11.2019, 23:29

Talabalarning 2019-2020 o`quv yili uchun qishki ta`til davri o`zgarishi kutilmoqda, deya xabar beradi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Axborot xizmati.2019 yilning 22 dekabrida O`zbekiston...
​​Qo`shimcha kontraktning eng qimmat to`lovi 246 mln. 250 ming so`mni tashkil etdi

03.07.2017, 10:34

2017 yil 20 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta`lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risidagi nizomlarni...
​Oliy ta`lim muassasalarida kontrakt miqdori o`zgarishsiz qoldi

30.06.2017, 16:36

Oliy ta`lim muassasalarida bakalavriat va magistratura ta`lim yo`nalishlari bo`yicha oliy ta`lim muassasalarida o`qish uchun to`lov-kontrakt miqdori o`zgarishsiz qoldi.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi “Respublika...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1