1

​Yoshi ulug`, 100 ko`klamni ko`rganlar...

Jamiyat 22.03.2017, 08:53
Teglar: Bayram
​Yoshi ulug`, 100 ko`klamni ko`rganlar...

Har birimiz yaxshilik, xayr-saxovat, mehr-oqibat hamda urf-odatlarni buvi va bobolarimizdan o`rganamiz. Xalqimizda esa bayramlar va sayllarda yoshi ulug`, ko`pni ko`rgan qariyalarimizni yo`qlash ibratli amallardan sanaladi. Bugun ham an`analar va qadriyatlar timsoli bo`lgan Navro`z umumxalq bayrami munosabati bilan yurtimizda qarilik gashtini surayotgan, yoshi ulug` va mazmunli umr yo`lini bosib o`tgan nuroniylarimiz so`zlariga quloq tutamiz.

ShARVAT MOMO 110 BAHORNI QARShI OLDI

Sharvat momo Haydarovani Qarshi tuman Qovchin MFY dagi Gumbaz ovulida eng keksa onaxon sifatida barcha taniydi. Momoning to`ng`ich farzandi Asaloy momo bugungi kunda 77 yoshda kenja farzandi O`ktamjon 51 yoshda. Hayot mashaqqatlarida toblangan, yaxshi-yomon kunlarga guvoh bo`lgan bunday keksalarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

— Turmush o`rtog`im 85 yoshda olamdan o`tdi. Men 5 o`g`il, 4 qiz, 45 nabira, 90 chevara, 10 evara davrasida tinch zamonlarda qarilik gashtini surib yashayapman, — deydi momo.

“ShUNDAY ZAMONGA ETIB KELGANIMGA ShUKUR”

To`xta momo Amonova mustaqilligimizning 24 yillik bayram arafasida “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. 105 yoshli momo Buxoro viloyati Shofrikon tumanida qarilik gashtini surmoqda. 9 farzandning onasi, 45 nevaraning buvisi To`xta momo haqida mahalladoshlari faxrlanib, hurmat bilan gapirishadi va maslahat bilan oldiga chiquvchilarning keti uzilmaydi.

— Ba`zan kenja kelinimga suyanib qishlog`imizni aylanaman. Bu erdagi baland va shinam uylar, zamonaviy maktab va kollejlarni ko`rib, shunday zamonga ham etib kelganim uchun shukrlar aytaman.

URUShNI KO`RGAN TINCh YuRT BOBOSI

101 yoshli Imomnazar ota Marg`ilon shahrida dunyoga kelgan. Yigitlik chog`lari urush maydonlari, harbiy gospitallar va og`ir turmush sharoitiga to`g`ri kelgan. 1945 yil 1 noyabrda harbiy qo`mondonlikning buyrug`i bilan Marg`ilonga ko`ksi to`la jangovar nishonlar bilan qaytib keldi. Bugungi osoyishta va farovon kunlarda esa tilu dilidan tinchlikning qadri, yaxshi kunlar shukuhi va shukronalik izhorlari tushmaydi. Otaxon 17 nevara, 29 chevara va 4 evaralari ardog`ida qarilik gashtini surib kelmoqda.

BOZORBOY MUALLIMNING YuZINChI KO`KLAMI

Bozorboy bobo Murodov Samarqand tumanidagi piru badavlat otaxonlardan. Bu yilgi Navro`z otaxon uchun qo`shaloq bayram. Butun umrini yoshlar tarbiyasiga bag`ishlagan faxriy pedagog bu yil yuzinchi ko`klamni qarshi oldi. Mahalladoshlari otaxonning bosib o`tgan shonli yo`li, tajribasi yosh avlodga ibratdir, deya faxrlanishadi.

“DORILOMON KUNLAR KELDI...”

Oynisa TOShKENBOEVA, 97 yosh.

Oynisa ona Samarqand shahri, “Muborak” mahallasida istiqomat qiladi. Ikkinchi jahon urushi davrining og`ir kunlarini boshdan o`tkazganiga qaramay, turmush o`rtog`i bilan besh farzandini voyaga etkazib, tarbiyaladi. 1960-1980 yillarda Samarqand shahridagi “Hujum” ishlab chiqarish fabrikasida brigada boshlig`i bo`lib mehnat qilgan. Ish davomida ko`plab shogirdlar etishtirib, xalqimizga nafi tekkan onaxonlardan. Ushbu mashaqqatli hayot yo`li va shijoati sabab bugun onaxonga yoshu-qari o`zgacha hurmat bilan qaraydi. Oynisa onaning tilidan esa yaxshi kunlar madhi tushmaydi:

— Erkaklarni urushga jo`natib, topgan-tutganimizni frontga yuborardik. Ana shu og`ir damlar biz ayollarni shijoatli qilib tarbiyaladi. Yaratganga shukr-ki, bugun dorilomon kunlarda yashayapmiz.

TO`QSON YoShLI PAXTAKOR

Farg`ona viloyati Furqat tumanida taniqli paxtakor Meliqo`zi Mahkamov istiqomat qiladi. O`z davrida bo`lim agronomi, brigadr bo`lgan Meliqo`zi ota 75 yil umrini paxtachilik, pillachilik, chorvachilik, bog`dorchilik kabi el-yurt farovonligi yo`lidagi ishlarga bag`ishlagan va mustaqillik yillarida “Shuhrat” medali hamda “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan paxtakor” unvoni bilan taqdirlandi. Ayni kunda 4 o`g`il va 1 qiz hamda 59 nevara-chevaralarning piru badavlat bobosi bo`lib umrguzaronlik qilmoqdalar:

— Uzoq va mashaqqatli hayot yo`limda hech qachon hozirgidek e`tibor va g`amxo`rlik bo`lgan emas.

“BOLALARIMGA HAVASIM KELADI...”

Himoyat momo Zayniddinova, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Alaqo`yliq qishlog`ida yashaydi. 82 yosh bo`lishiga qaramay, o`z tomorqasida sarxil sabzavotlar-u, shirin-shakar mevalar etishtirishib qishloq ahliga birdek ulashadi. Momoni qishloqdoshlari orasida hurmati baland. Sababi, o`zi xatto maktab savodini ko`rmagan bo`lsada, 2 farzandi ham tumanda taniqli, el koriga yaraydigan ziyoli insonlar. 10 ta nevarasining barchasi oliy ma`lumotli va xorijiy universitetlarda ham ta`lim olishadi.

— Bolalalarimga havasim keladi. Ular zamonlarning eng zo`rida, yurtlarning eng jannatida yashashyapti. Ana shu farovonlik meni qarilikni bo`ynimga olishga yo`l qo`ymaydi.

Yurtimiz nuroniylarining tillaridan yangrayotgan shukronalik so`zlari yoshlarni sabr-toqatli, mehr-muruvvatli va vatanparvar qilib tarbiyalashning asosi, desak yanglishmaymiz. Shunday ekan, tinchlik, mehr-oqibat, hurmat-ehtirom, xayr-saxovat, ezgulik va poklik bayrami bo`lgan Navro`z eng avvalo nuroniylarimizga qutlug` bo`lsin.

FAKTLAR

  • O`zbekistonda aholining o`rtacha yoshi erkaklar uchun 73,5 yoshni, ayollar uchun esa 75,8 yoshni tashkil etadi;
  • Bugungi kunda:

  • 225 ming nafar 80 yoshdan oshganlar;
  • 44 ming nafar 90 yoshdan oshganlar;
  • 8 ming 700 nafar 100 yoshdan oshgan qariyalar bor.
  • Ularning:

  • 3 ming nafari ikkinchi jahon urushi qatnashchilari;
  • 69 ming nafari front ortida xizmat qilgan insonlar.
  • Shuningdek, 3 mln.ga yaqin pensionerlar mavjud.

    Sharhlar

    Bu yilgi Qurbon hayitida qo`shimcha dam olish kunlari bo`ladimi?

    03.08.2019, 22:17

    Prezident qaroriga muvofiq, O`zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 11 avgust kuni keng nishonlanishi haqida xabar bergandik. Ma`lumki, avvalgi Hayit bayramlari munosabati bilan qo`shimcha dam olish kunlari...
    ​ShAVKAT MIRZIYoEV O`QITUVChI VA MURABBIYLARGA TABRIK YO`LLADI

    30.09.2017, 09:23

    Prezident Shavkat Mirziyoev 1 oktyabr kuni O`zbekistonda keng nishonlanadigan O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarga o`z tabrigini yo`lladi. Tabrik matni O`zAda e`lon qilindi. Qadrli...
    ​O`zbekiston mustaqilligining 26 yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida Prezident qarori imzolandi

    28.06.2017, 10:36

    O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida Prezident qarori imzolandi. Prezident Qarori bilan Vatanimiz tarixida mutlaqo yangi sahifa...
    ​Surxondaryoda "Boysun bahori" folklor festivali boshlandi

    15.05.2017, 10:53

    Boysun tumanida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “Boysun bahori” folklor festivali bo`lib o`tmoqda, deb xabar beradi O`zA.Festivalning...
    Ob-havo: Toshkent
    Valyuta kursi
    1