1

​O`zbekiston va Hindiston Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

Jamiyat 22.03.2017, 11:21
Teglar: O`zbekiston, Hindiston
​O`zbekiston va Hindiston Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

O`zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Hindiston Prezidenti Pranab Mukerji O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`llagan, deya xabar beradi O`zA.

Hindiston Prezidenti qutlovida bunday deyiladi: "Siz Janobi Oliylariga, O`zbekiston Respublikasi hukumati va xalqiga mamlakatlarimiz o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan o`zimning samimiy tabriklarimni yo`llashdan g`oyat mamnunman.

Hindiston bilan O`zbekiston o`rtasida ko`p asrlik do`stlik va hamkorlik rishtalari mavjud. Hamkorligimiz ikki tomonlama asosda, shuningdek, butun dunyoda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, xalqlarimiz taraqqiyoti va farovonligi yo`lida xalqaro forumlar doirasida izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta`kidlayman. O`tgan 25 yil davomida biz yanada yaqinlashdik va strategik sheriklik munosabatlarimiz o`zaro manfaatli barcha sohalarda mustahkamlandi".

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev o`z qutlovida dunyodagi dolzarb masalalar yuzasidan ikki mamlakatning siyosati va pozisiyasi yaqinligini, BMT va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, bir-birini o`zaro qo`llab-quvvatlash amaliyotini davom ettirish O`zbekiston bilan Hindiston manfaatlariga mos kelishini ta`kidlagan.

Davlatimiz rahbari "O`zbekiston barcha yo`nalishlar, xususan, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yanada kengaytirish, buning uchun mavjud ulkan salohiyatdan to`liq foydalanishga tayyor" ekanini qayd etgan.

Prezidentimiz mamlakatlarimiz birgalikdagi sa`y-harakatlari bilan teng huquqli va uzoq muddatli hamkorlikni O`zbekiston va Hindiston xalqlari manfaatlari yo`lida sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirgan.

Sharhlar

O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
Bugun Hindistonda parlament saylovi boshlandi

19.04.2024, 15:45

Bugun, 19 aprel sanasida Hindistonda dunyodagi eng yirik parlament saylovlari boshlanadi. Bu haqda “RIO Novosti” ma`lum qildi.Etti bosqichdan iborat ovoz berishlarda 968 mln nafar ro`yxatga...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1