AsosiyJamiyat

​IIBB: Toshkentda bir haftada 39 nafar fohisha aniqlandi

'​IIBB: Toshkentda bir haftada 39 nafar fohisha aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan fohishaxona saqlash va qo`shmachilik qilish, fohishalik bilan shug`ullanish, jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste`mol qilinishini oldini olish maqsadida, o`tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 10 dan 16 martga qadar 13 ta fohishaxona saqlash va qo`shmachilik qilish jinoyatlari aniqlandi.

Jinoyat kodeksining 131-moddasi, ya`ni fohishaxona saqlash va qo`shmachilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atildi.

Bundan tashqari fohishalik bilan shug`ullanib kelayotgan 39 nafar shaxs qo`lga olindi.

Jamoat joylarida spirtli ichimlik iste`mol qilgan 624 nafar shaxslarga nisbatan ma`muriy ta`sir choralari ko`rildi.

Boshqa yangiliklar