AsosiyJamiyat
5011

​Toshkentda yangi farmasevtika korxonasi ishga tushdi

'​Toshkentda yangi farmasevtika korxonasi ishga tushdi'ning rasmi

Toshkentning Olmazor tumanida «Well med pharm» farmasevtika korxonasi ishga tushirildi.

Yangi korxonaning ochilish marosimida O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi, «O`zfarmsanoat» aksiyadorlik konserni, davlat, jamoat tashkilotlari vakillari, ishbilarmonlar qatnashdi.

«Well med pharm» farmasevtika korxonasi Hindistonning «Shayana farm» farmasevtika kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Buning uchun 4,5 million dollar miqdorida investisiya jalb etildi, deya xabar beradi O`zA.

Zamonaviy andozalar asosida barpo etilgan korxonada yuqori texnologik ishlab chiqarish liniyasi o`rnatilgan. Texnologik jarayonlar va logistika tizimi bir-biri bilan uzviy bog`liqligi mehnat unumdorligi yuqori bo`lishiga xizmat qiladi. Ilm-fanning so`nggi yutuqlari asosida jihozlangan fizik va kimyoviy tahlil laboratoriyasi sifat va xavfsizlik omilidir.

Yangi korxonada yiliga o`n million qadoqda gepatoprotektor, og`riq qoldiruvchi, immunitetni kuchaytiruvchi va boshqa tabletka, kapsula, malham va sharbat shaklidagi dori vositalari ishlab chiqariladi. Buning natijasida chetdan keltirilayotgan yigirma besh nomdan ziyod dori vositasini tayyorlash mahalliylashtiriladi. Etmishdan ortiq yigit-qiz ish bilan ta`minlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar