AsosiyJamiyat

​Shahram G`iyosov WSB o`tkazgan so`rovnomada haftaning eng yaxshi bokschisi deb topildi

'​Shahram G`iyosov WSB o`tkazgan so`rovnomada haftaning eng yaxshi bokschisi deb topildi'ning rasmi

O`zbekistonlik charm qo`lqop ustasi Shahram G`iyosov Jahon boks seriyasi (WSB) Twitter sahifasi o`tkazgan so`rovnomaga ko`ra o`tgan haftaning eng yaxshi boksichi deb topildi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Unda o`zbekistonlik sportchi ovozlarning 87 foizini o`ziniki qilib oldi. Raqobatchilaridan kolumbiyalik Xuan Karlos Karilo 7 foiz ovoz to`plagan bo`lsa, qozog`istonlik Zafir Safiulinga 6 foizlik ko`rsatkich nasib qilgan.

Ma`lumot uchun, WSB tomonidan har yili o`tkazib kelinadigan musobaqada o`tgan hafta 4-tur bellashuvlari bo`lib o`tdi. Unda Uzbek Tigers jamoasi safida ringga chiqqan Shahram G`iyosov xitoylik raqibini mag`lub etishga muvaffaq bo`ldi hamda jamoasining 5:0 hisobidagi g`alabasiga hissa qo`shdi.

Mazkur g`alabadan keyin Uzbek Tigers jamoasi guruhda Astana Arlansdan keyin 2-o`ringa ko`tarilib oldi. Kelasi tur 1 aprelda o`tib, unda aynan Astana Arlans Toshkentga tashrif buyuradi.

Boshqa yangiliklar